Ronaldusiz g‘alabadan keyin Krishtianu ikki emoji qoldirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Osiyodagi klublar o‘rtasidagi ikkinchi darajali turnirda saudiyaliklar yetakchisiz ham barqaror natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni «Al-Nasr» guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi: jamoa Tojikistonda «Istiklol»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etdi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Krishtianu unga ikki emoji — olov va qarsaklar belgisini qo‘shdi.
40 yoshli hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Krishtianu Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq soxta xabar muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!