Genich Chempionlar ligasi 7-turida ikki klubni ajratib ko'rsatdi

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi navbatdagi tur yakunlari haqida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, norvegiyalik «Bude-Glimt» turnirning eng kutilmagan jamoalaridan biriga aylanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi o'yinda skandinavlar sensatsion tarzda «Manchester Siti»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Genich «Bude-Glimt»ni 7-turdagi asosiy sensatsiya deb atar ekan, yana bir yoqimli kutilmagan holat sifatida «Arsenal»ning o'yinini ham alohida qayd etdi.
«Bude-Glimt» — 7-turdagi eng katta sensatsiya. Menimcha, «Arsenal»ning chiqishi ham sensatsiya bo'ldi. «Arsenal» bunchalik ochiq va dadil o'ynashini kutmagandim. Ular «Inter»ga qarshi juda zo'r harakat qildi», — deya Genichning so'zlarini «Komment.Shоу» YouTube kanali keltirdi.
Etti turdan so'ng «Arsenal» 21 ochko jamg'argan va Chempionlar ligasi umumiy raundi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Bude-Glimt» esa 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!