date

Kenan Yildiz «Napoli»ga qarshi Ronaldu natijasini takrorladi

Kenan Yildiz «Napoli»ga qarshi Ronaldu natijasini takrorladi

Kenan Yildiz «Yuventus»ning «Napoli» darvozasiga urgan uch golidan biriga mualliflik qildi. Uchrashuvda Luciano Spalletti jamoasi yirik hisobda ustun keldi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turk futbolchisi — g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda — A Seriyaning bitta mavsumidagi «Napoli»ga qarshi har ikkala o‘yinda ham «Yuventus» safida gol urgan atigi beshinchi futbolchi bo‘ldi. Avvalroq bunday natijani Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Piero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrizio Ravanelli (1994/95) qayd etgan.

Joriy mavsumda Yildiz Italiya chempionatida jami 8 ta gol urdi, shuningdek, 4 bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kenan Yildiz «Napoli»ga qarshi Ronaldu natijasini takrorladi