date

Asalari uyasida “Alloh” yozuvi: tabiatdagi hayratlanarli manzara (video)

Asalari uyasida “Alloh” yozuvi: tabiatdagi hayratlanarli manzara (video)

Oʻzbekistonda sodir boʻlgan ajablanarli voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Asalarichilik bilan shugʻullanuvchi Shohroʻz ismli fuqaro oʻz parvarishidagi asalarilar uyasini ochganida, kutilmagan holatga guvoh boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, bloger soʻroviga koʻra uya tekshirilgan va ramka ochilgan paytda asalari mumidan hosil boʻlgan tuzilishda arab yozuviga oʻxshash shakl namoyon boʻlgan. Eng qizigʻi, ushbu shakl “Alloh” soʻziga juda oʻxshash koʻrinish kasb etgani koʻrildi.

Videodagi kadrlarda koʻrinib turibdiki, tabiiy ravishda shakllangan mum qatlamlari aniq harflarga oʻxshash tarzda joylashgan. Bu holatni koʻrganlar befarq qolmagan — kimdir buni tabiat mo‘jizasi deb baholasa, yana kimdir tasodifiy geometrik shakl sifatida qabul qilmoqda.

Asalarichilik mutaxassislari taʼkidlashicha, asalarilar baʼzan uya ichida turli noodatiy shakllar hosil qilishi mumkin. Bu koʻp hollarda muhit, ramkaning joylashuvi yoki ichki harakatlar bilan bogʻliq boʻladi. Ammo aynan bunday “yozuvga oʻxshash” kompozitsiyalar juda kam uchraydi.

Har qanday holatda ham, bu kabi kadrlar odamlarni oʻyga soladi. Tabiatdagi har bir jarayonda muayyan tartib va mukammallik borligini yana bir bor eslatadi.

Shohroʻzning oʻzi ham bu holatni kutmaganini va katta hayrat bilan qabul qilganini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, bunday manzarani ilk bor koʻryapti va bu holat uni chuqur oʻyga toldirgan. Suhbat yakunida u ushbu mo‘jizani Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi muzeyiga taqdim etishini maʼlum qildi, toki butun dunyo koʻrsin, zavq olsin ushbu koʻzlarni quvontiruvchi tabiat neʼmatidan. 

Qisqacha aytganda, bu voqea — ishonsang ham, ishonmasang ham — tabiatning sirli va kutilmagan tomonlaridan biri. Balki bu oddiy tasodifdir, balki kimlar uchundir maʼnaviy ishora. Lekin bitta fakt bor: bu kadrlar hech kimni befarq qoldirmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Asalari uyasida “Alloh” yozuvi: tabiatdagi hayratlanarli manzara (video)