Yevropa Chempionlar ligasida hafta ramziy jamoasi eʼlon qilindi

Evropa Chempionlar ligasida haftaning ramziy jamoasi e'lon qilindi. Jamoada eng ko'p vakil PСJ klubidan bo'lib, to'rt nafar futbolchi joy oldi. Darvozabon sifatida David Raya tanlandi, himoya chizig'ida esa Dayo Upamecano, Pubil va Gabriel o'zining barqaror o'yini bilan ajralib turdi. Yarımhimoya va hujum chizig'ida esa PСJ va boshqa klublardan futbolchilar o'z mahoratlarini namoyish etdilar, bu esa javob bahslariga tayyorgarlikni yanada qizg'inlashtirdi.
Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinal bosqichining dastlabki bahslari yakunlangach, haftaning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa eʼlon qilindi. Unda eng koʻp vakil PSJ klubiga toʻgʻri keldi — parijliklardan toʻrt nafar futbolchi joy oldi.
Darvoza qoʻriqchisi sifatida David Rayya tanlandi. "Arsenal" posboni hal qiluvchi seyvlari bilan jamoasiga ishonch bagʻishladi.
Himoya chizigʻida esa Dayo Upamekano (Bavariya), Pubil (Atletiko) va Gabriel (Arsenal) oʻzining barqaror oʻyini bilan ajralib turdi.
Yarimhimoya markazi esa haqiqiy “energiya dvigateli”ga aylandi. Maykl Olise (Bavariya), Vitinya, Joao Nevesh va Xvicha Kvaratsxeliya (uchalasi PSJ) maydonda tempni belgilab berdi.
Hujum chizigʻida esa Antuan Grizmann (Atletiko), Usmon Dembele (PSJ) va Luis Dias (Bavariya) joy oldi.
Qisqacha aytganda, bu ramziy jamoa yarimfinallardagi asosiy qahramonlarni jamladi. Ayniqsa, “PSJ” futbolchilari oʻyinga taʼsiri bilan alohida ajralib turdi. Endi esa barcha eʼtibor javob bahslariga qaratilgan — haqiqiy finalchilar aynan oʻsha oʻyinlarda aniqlanadi.






























Izohlar 0
…