David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, hatto Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endi Trezege Buenos-Ayresdagi klubga bu safar futbolchi sifatida emas, boshqaruv tizimining bir qismi sifatida kelmoqda. “River Pleyt” uni rasmiy tarzda tanishtirish marosimini o‘tkazdi, unda klub rahbariyati to‘liq tarkibda qatnashdi.
Fransuz mutaxassisning jamoada qaysi lavozimni egallashi aniq aytilmadi. Biroq taqdimotda u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!