Jikiya agenti himoyachining Antalyaspordan ketishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylari unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojaraohat bilan bog‘liq bo‘lgan. Agent futbolchi tiklanganini ta’kidlab, keyingi o‘yinda u yana asosiy tarkibda ko‘rinish berishini kutayotganini aytdi.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!