date

Barselona Fermin Lopes bilan yangi shartnomani kelishib oldi

Barselona Fermin Lopes bilan yangi shartnomani kelishib oldi

“Barselona” yarim himoyachi Fermin Lopes bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. La Vanguardia xabariga ko‘ra, tomonlar bitimni 2031 yilning o‘rtalarigacha amal qiladigan ko‘rinishda kelishib olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi shartlarga binoan, Lopesning maoshi 50 foizga oshadi. Shuningdek, futbolchining transfer bandi ham ikki baravar ko‘tarilib, 1 milliard yevroga yetadi — bunday summa evaziga uni “Barselona”dan olib ketish amalda imkonsiz.

Kataloniya klubi shartnoma uzaytirilganini Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi o‘yindan keyin rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Uchrashuv chorshanba, 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Fermin Lopes 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va jamoadoshlariga 10 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Fermin Lopes bilan yangi shartnomani kelishib oldi