Argentinaning Qilmes klubi stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda

Argentinadagi eng qadimiy jamoalardan biri sanaladigan «Qilmes» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini yig‘gan. Biroq klub hozir og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu sabab klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasi bilan muxlislarga murojaat qildi. Qizig‘i shundaki, gap odatdagi xayriya mablag‘i yig‘ish haqida emas: ishqibozlarga stadionga kelib, qayta ta’mirlash ishlarida bevosita jismoniy mehnat qilish taklif etildi.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlari hukm surayotganiga qaramay, «Qilmes» muxlislari chaqiriqqa ijobiy javob berib, stadiondagi ishlarga faol qo‘shildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing