Jikiya Antalyaspor'dan ketishi haqidagi gaplarga agent javob berdi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kuzmichyovning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonch bildirmoqda. So'nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojaroqat bilan bog'liq bo'lgan.
Agent futbolchi to'liq tiklanganini ta'kidladi va keyingi o'yinda Jikiya yana tarkibda ko'rinishi kutilayotganini qo'shimcha qildi.
Avvalroq OAVda turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o'yinda qatnashib, 2 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Uning “Antalyaspor” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!