date

Real Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Real Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Madridning «Real» jamoasi Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning ahvoli haqida yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xabarga ko‘ra, Kilian Mbappe yakka dastur asosida o‘rtacha yuklama bilan shug‘ullandi. Antonio Ryudiger esa mashg‘ulotning bir qismini umumiy guruhda o‘tkazib, keyin individual rejimga o‘tdi. Mbappe bilan birga Karreras ham o‘rtacha intensivlikdagi yakka mashg‘ulotni bajargan.

Shuningdek, Eder Militao zalda ishlagan, Ferlan Mendi esa alohida rejimda — maydonda ham, bino ichida ham mashg‘ulot olib borgan.

«Benfika» — «Real» bahsi 29-yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabondagi o‘yin jarayonini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumot berdi