date

Real Mbappe bo‘yicha yangilikni e’lon qildi

Real Mbappe bo‘yicha yangilikni e’lon qildi

«Real» Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safar o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning holati haqida ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Unda qayd etilishicha, Kilian Mbappe individual dastur asosida yengil-yengil yuklama bilan shug‘ullangan. Antonio Ryudiger mashg‘ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o‘tkazib, keyin alohida tartibda ishlagan. Shuningdek, Mbappe va Karreras ham mo‘’tadil individual mashg‘ulot bajargan, Eder Militao zalda, Ferlan Mendi esa maydonda va binoda yakka tartibda shug‘ullangan.

«Benfika» — «Real» uchrashuvi 28-yanvar kuni soat 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabondagi bahs tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiyada yoritib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe bo‘yicha yangilikni e’lon qildi