date

Real Mbappe holati bo‘yicha so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi

Real Mbappe holati bo‘yicha so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi doirasida “Benfika”ga qarshi safar uchrashuviga hozirlik ko‘rmoqda. Dushanba kuni jamoa mashg‘ulot o‘tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, Kilian Mbappe mashg‘ulotni individual dastur asosida, o‘rtacha yuklama bilan bajargan. Antonio Ryudiger esa treningning bir qismini umumiy guruh bilan o‘tkazib, keyin yakka tartibda ishlashda davom etgan. Shuningdek, Mbappe va Karreras ham o‘rtacha individual mashg‘ulot o‘tkazgani, Eder Militao zaldagi mashqlar bilan cheklangani, Ferlan Mendi esa maydonda ham, bino ichida ham alohida shug‘ullangani bildirildi.

“Benfika” — “Real” uchrashuvi 28-yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabondagi bahsning asosiy voqealarini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe holati bo‘yicha so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi