date

Ronaldusiz g'alaba va yetakchilikni ikki emoji bilan nishonladi

Ronaldusiz g'alaba va yetakchilikni ikki emoji bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” sardorsiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Shu tariqa “Al-Nasr” beshta o'yinda beshta g'alaba bilan guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida navbatdagi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda qarsaklar belgisini qo'shib qo'ydi.

40 yoshli Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha 2027 yilning o'rtalarigacha klubda qolishi ko'zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldusiz g'alaba va yetakchilikni ikki emoji bilan nishonladi