Kilmes stadionini qayta qurish uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Argentinaning 1887 yilda tashkil topgan eng qadimiy klublaridan biri — «Kilmes» bugun og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Klub ko'p sonli ishqibozlarga ega bo'lsa-da, hozirgi vaziyatda ularning yordamisiz oldinga yurish qiyin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rahbariyat stadionni qayta qurish rejasini e'lon qildi, biroq odatdagidek moliyaviy xayriya so'rash bilan cheklanmayapti. «Kilmes» muxlislariga an'anaviy usulni taklif qildi: stadionga kelib, ta'mirlash va qayta jihozlash bo'yicha ishlarni bevosita o'z qo'llari bilan bajarish.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, ishqibozlar bu chaqiriqni iliq qabul qildi va klubning so'roviga faol tarzda javob qaytarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing