date

Rossiya terma jamoasi martda qaysi shaharlarda o'ynashi ma'lum bo'ldi

Rossiya terma jamoasi martda qaysi shaharlarda o'ynashi ma'lum bo'ldi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o'rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuvlar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dastlabki o‘yin 27 mart, juma kuni Sankt-Peterburgda tashkil etiladi. 31 mart kuni esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.

«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, bu uchrashuvlardagi raqiblar keyinroq e'lon qilinadi.

Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov potensial raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlanganini aytgandi.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimolini inobatga olgan holda tuzilmoqda, biroq amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ssenariy ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi martda qaysi shaharlarda o'ynashi ma'lum bo'ldi