Diant Ramaj kuchli beshlik ligalarida birorta o'yinda gol o'tkazmagan yagona darvozabonga aylandi

Diant Ramaj, "Haydenhaym" klubida ijara asosida o'ynayotgan darvozabon, Evropaning kuchli besh ligasida birorta o'yinda gol o'tkazmagan yagona darvozabon bo'lib qoldi. U joriy mavsumda 66 ta gol o'tkazib yuborib, jamoasi bilan turnir jadvalining eng past pog'onasida joylashgan. Ramaj o'zini yosh avlodning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblaydi va "Borussiya Dortmund"ga qaytib, asosiy tarkibda o'z o'rnini egallashni maqsad qilgan. Jamoaning bosh murabbiyi esa, qiyin vaziyatda tarkibda o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
"Borussiya Dortmund" klubidan "Xaydenxaym"ga ijaraga berilgan darvozabon Diant Ramaj Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida istalmagan natija qayd etdi. 24 yoshli posbon joriy mavsumda birorta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmagan yagona darvozabonga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ramaj Germaniya Bundesligasida Kevin Myuller o'rnini egallaganidan so'ng asosiy tarkibdan joy oldi. Biroq uning jamoasi 66 ta gol o'tkazib yuborib, turnir jadvalining eng quyi pog'onasida bormoqda.

Darvozabonning o'zi esa darvozasiga yo'llangan zarbalarning atigi 60 foizini qaytara olgan.
Shunga qaramay, Ramaj o'z qobiliyatiga yuqori baho bermoqda. U bergan intervyusida o'zini yosh avlodning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblashini va Dortmundga qaytgach, Gregor Kobelning o'rnini egallash niyatida ekanini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, u zaxirada o'tirish uchun qaytmaydi.
"Xaydenxaym" bosh murabbiyi Frank Shmidt jamoaning quyi ligaga tushib ketish ehtimoli yuqoriligi sababli tarkibda o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Murabbiy qolgan uchrashuvlarda asosiy darvozabon o'rniga Frank Fellerni sinab ko'rishi mumkinligini ma'lum qildi.
Ramajning "Borussiya Dortmund" bilan shartnomasi davom etayotgan bo'lsa-da, uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Dortmundliklar safida Kobel va Meyer bilan raqobat kuchli bo'lgani sababli, futbolchi yana boshqa klubga ijaraga berilishi mumkin.































Izohlar 0
…