"Borussiya Dortmund" o'zining 1000-uy uchrashuvida yirik g'alabani qo'lga kiritdi

"Borussiya Dortmund" o'zining 1000-uy uchrashuvida yirik g'alabani qo'lga kiritdi
Qisqacha

"Borussiya Dortmund" o'zining 1000-uy uchrashuvida "Frayburg" ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu natija jamoaga kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'lnomasini muddatidan avval qo'lga kiritish imkonini berdi. Yosh futbolchi Samuele Inasio o'zining yorqin o'yini bilan e'tiborni tortdi va jamoa hujumchisi Maximilian Beer uning imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bosh murabbiy Niko Kovaç esa yosh iste'dodlar uchun mehnat va intizom zarurligini ta'kidladi.

"Borussiya Dortmund" o'z maydonidagi 1000-uchrashuvida "Frayburg" ustidan 4:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Ushbu natija jamoaga kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini muddatidan avval naqd qilish imkonini berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Bahsda debyut qilgan yosh iqtidor Samuele Inasio o'zining yorqin o'yini bilan muxlislar va mutaxassislar e'tiborini tortdi.

"Borussiya Dortmund" o'zining 1000-uy uchrashuvida yirik g'alabani qo'lga kiritdi

Italiyalik 18 yoshli futbolchi asosiy tarkibdagi ilk o'yinidayoq o'zining dribling mahorati va maydonni ko'ra olish qobiliyatini namoyish etdi. Jamoa hujumchisi Maksimilian Beyer yosh jamoadoshining iqtidoriga yuqori baho berib, unga maydonda erkinlik berish kerakligini ta'kidladi.

Inasio 74 daqiqa davomida harakat qilib, Serxu Girasining goliga hammualliflik qildi.

Klub sport direktori Ole Buk g'alabadan mamnunligini bildirgan bo'lsa-da, yosh futbolchi atrofidagi shov-shuvlarni biroz pasaytirishga chaqirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu shunchaki muvaffaqiyatli debyut va unga ortiqcha baho bermaslik lozim.

Shu bilan birga, shartnomasi yakunlanayotgan Julian Brandtning ketishi fonida Inasio kelajakda hujumda muhim o'rin egallashi kutilmoqda.

Bosh murabbiy Niko Kovach jamoaning tarixiy natijasi bilan tabrikladi, biroq yosh iqtidorlardan faqatgina iste'dod emas, balki qattiq mehnat va intizom talab qilinishini eslatib o'tdi. Inasio o'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda o'z hayajonini yashira olmasligini va "Borussiya" muxlislaridan minnatdor ekanini yozib qoldirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar