Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi
Qisqacha

Matiz Albert "Borussiya Dortmund" jamoasining 16 yoshli vingeri sifatida Germaniya Bundesligasida debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchi bo'ldi. U "Freiburg"ga qarshi o'yinning 88-daqiqasida maydonga tushib, jamoasining 4:0 hisobidagi g'alabasiga guvoh bo'ldi. Albert ushbu natijasi bilan AQSH futboli tarixida yangi sahifa ochdi va Dortmund jamoasi yosh iste'dodlarga imkoniyat berish an'anasini davom ettirmoqda.

"Borussiya Dortmund" jamoasining 16 yoshli vingeri Matis Albert Germaniya Bundesligasida debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi. Iste'dodli futbolchi "Frayburg"ga qarshi kechgan bahsning so'nggi daqiqalarida maydonga tushdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Uchrashuvning 88-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Albert o'z jamoasining 4:0 hisobidagi yirik g'alabasiga guvoh bo'ldi. Bungacha u uch marta asosiy jamoa qaydnomasiga kiritilgan bo'lsa-da, maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lmagan edi.

Matis Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Matis Albert ushbu natijasi bilan AQSh futboli tarixida Germaniya chempionatining eng yosh debyutanti sifatida yangi sahifa ochdi. Dortmundliklar safida yosh iqtidor egalariga imkoniyat berish an'anasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar