date

Rossiya terma jamoasi martdagi o'yinlarini ikki shaharda o'tkazadi

Rossiya terma jamoasi martdagi o'yinlarini ikki shaharda o'tkazadi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o'rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bahslar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birinchi o‘yin 27 mart kuni, juma kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi. 31 martda esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.

«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuvlarda rossiyaliklarning raqiblari keyinroq ma’lum qilinadi.

Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov o‘rtoqlik o‘yinlari uchun ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlanganini aytgandi.

Shuningdek, Dyukov ta’kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimoli inobatga olingan holda tuzilmoqda. Biroq amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ssenariy ham ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi martdagi o'yinlarini ikki shaharda o'tkazadi