"SpaceX" koinotda bir millionta ma'lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

Investorlarning e'tibori asta-sekin orbital ma'lumotlar markazlari atrofida rivojlanishi mumkin bo'lgan loyihalarga qaratilmoqda. Garchi bunday tizimlar kelajak ishi bo'lib qolsa-da, ularga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
"Founders Fund" venchur fondi hamkori Delyan Asparuxov Vashingtondagi tadbirda "SpaceX" bilan to'g'ridan-to'g'ri raqobatlashmasligini ma'lum qildi. Uning o'rniga Yerdagi sun'iy intellekt hisoblash vazifalariga mo'ljallangan infratuzilma biznesi imkoniyatlarini ta'kidladi.
"Varda Space Industries" hammuassisi bo'lgan Asparuxov avvalroq orbital markazlar g'oyasiga shubha bilan qaraganini qayd etdi. Biroq kelgusi o'n yillikda parvozlar narxining pasayishi va texnologiyalar rivojlanishi bu modelni yanada real qiladi.
AQShdagi yer usti ma'lumotlar markazlariga nisbatan siyosiy bosim va jamoatchilik noroziligi ham qo'shimcha omil bo'lmoqda. Bu holat ularning qurilishiga cheklovlar kiritilishiga olib kelishi mumkin.
Eng yirik tashabbuslar qatorida "SpaceX" kompaniyasining bir milliongacha orbital markazlarni joylashtirish rejasi bor. Ular dastlab "xAI" va "Tesla" kompaniyalarining ichki hisoblash vazifalariga xizmat qiladi.
"Starcloud" startapi esa tashqi mijozlar uchun 88 mingta shunday obyekt yaratishga ruxsat olishni kutmoqda.
Hozircha "Founders Fund" bunday loyihalarga yirik sarmoya kiritmagan. Ammo orbital markazlar yangi infratuzilmaga talab yaratsa, investitsiyalar kiritilishi istisno etilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!