Boysunda sel oqibatida neft yana suvga oqib ketdi

Boysun tumanida kuchli sel oqibatida ariqqa yana nef't aralash suyuqlik oqib tushgani ma'lum bo'ldi. Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi xabariga ko'ra, holatni o'rganish uchun ishchi guruh tuzilgan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda va qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududidagi ariqda kuchli sel kelishi natijasida yana neft qoʻshilgan suyuqlik oqib tushgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi axborot berdi.
Maʼlum qilinishicha, ayni paytda holat Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi hamda Ekopolitsiya xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan, shuningdek boshqa masʼul idoralar bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda oʻrganilmoqda. Dastlabki tekshiruv natijalariga koʻra, bugun — 2 may kuni soat 06:30 atrofida kuchli sel kelishi sabab handaqni yuvib ketgan va neft aralash suyuqlik oqib chiqqan.
Taʼkidlanishicha, hozirda mazkur holat boʻyicha oʻrganish ishlari davom etmoqda va yakuniy natijalarga koʻra qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.





























Izohlar 0
…