Samsung smartfonlarini ta'mirlash iPhone'dan 60% qimmatroqqa tushadi

Insuranceopedia ma'lumotlariga ko'ra, Samsung smartfonlarini ta'mirlash xarajatlari iPhone'ni ta'mirlashdan 60 foizgacha qimmatroq bo'lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Samsung Care+ sug'urtasi bilan o'rtacha ta'mirlash narxi 100-120 dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Apple Care+ bilan iPhone uchun bu ko'rsatkich taxminan 75 dollarga teng.
Hisobotda ta'kidlanishicha, Apple xizmat ko'rsatish tariflarining qat'iy modelidan foydalanadi. Shu sababli ularning ta'mirlash xarajatlarini oldindan aytish osonroq.
Samsung'da esa narx aniq qurilma turiga, shuningdek, shikastlanish darajasiga bog'liq bo'ladi. Bu esa yakuniy xarajatlarning o'zgaruvchan va ko'pincha yuqori bo'lishiga olib keladi.
Samsung'ning o'rtacha ko'rsatkichlariga kompaniyaning qimmat va texnologik jihatdan murakkab qurilmalari ham ta'sir qiladi. Masalan, Galaxy Z Fold kabi buklanadigan smartfonlarni ta'mirlash oddiy modellarga qaraganda ancha qiyin va qimmat.
Bu butun brend bo'yicha o'rtacha ta'mirlash narxini oshirib yuboradi.
Shu bilan birga, Insuranceopedia mutaxassislari ta'mirlash va sug'urta xizmatlari narxi mintaqaga qarab farq qilishini ta'kidlamoqda. Shuningdek, xizmat ko'rsatish markazi va aniq model ham yakuniy narxga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!