Ronaldudan gʻalabadan keyin muhim va qisqa bayonot

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi bahsida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdan soʻng jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning natijasidan mamnunligini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga toʻliq eʼtibor!» — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ga turnir jadvalida ikkinchi pogʻonaga koʻtarilish imkonini berdi. Peshqadam «Al-Hilol»dan ortda qolish hozircha besh ochko.
5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Futbolchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha moʻljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing