Genich Arbeloaning Real Madriddagi haftasini aqldan ozarli dedi

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Madridning «Real» klubiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Alvaro Arbeloaning ilk ish haftasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning aytishicha, Arbeloa uchun bu kunlar oson kechmagan: jamoa «Albasete»ga qarshi o‘yinda musobaqani tark etgan, undan keyin esa «Levante» bilan juda og‘ir bahsda katta qiyinchilik bilan o‘ynagan. Sharhlovchi bu jarayonlarning barchasi murabbiy uchun ilk bor bo‘layotganini ta’kidladi va «Monako» bilan bog‘liq epizodlarni ham eslab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa «qirollik klubi» boshqaruvini ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso iste’fosidan so‘ng qabul qilib olgan.
«Real» navbatdagi uchrashuvini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining yakuniy turida Lissabonning «Benfika» klubiga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!