Avito: 2026-yil boshida Rossiyada eng ko‘p sotilgan ishlatilgan smartfonlar

Avito platformasi 2026-yilning birinchi choragida smartfonlar bozori bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ikkilamchi bozorda smartfonlar savdosi umumiy hajmning 71 foizini tashkil etgan. Foydalanuvchilar mablag‘ni tejash maqsadida ishlatilgan qurilmalarni tanlamoqda, chunki ularning o‘rtacha narxi yangi modellarga nisbatan 60 foizga arzonroq. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Avito kompaniyasining telekom va IT yo‘nalishi bo‘yicha biznesni rivojlantirish rahbari Sergey Noginning ta’kidlashicha, o‘tgan chorakda bu ko‘rsatkich 69 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda u 71 foizga yetdi. Xaridorlar orasida Apple mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda.
Xususan, iPhone 15 savdosi 76 foizga o‘sdi va uning o‘rtacha narxi 33 000 rublni tashkil qildi. Shuningdek, iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max modellari ham mos ravishda 61 va 55 foizga ko‘proq sotilgan. Bundan tashqari, iPhone 14 Pro hamda iPhone 13 modellariga bo‘lgan qiziqish ham sezilarli darajada oshgan.
Yangi smartfonlar segmentida esa OnePlus brendi 90 foizlik o‘sish bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Vivo, Huawei va Honor brendlari ham bozor ulushini kengaytirgan. Ikkilamchi bozordagi faollik bo‘yicha Stavropol, Yaroslavl va Moskva shaharlari yetakchi o‘rinlarni egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!