date

Djikiyaning agenti uning Antalyaspor kelajagini izohladi

Djikiyaning agenti uning Antalyaspor kelajagini izohladi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik futbolchining klubdagi kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiya bilan hammasi joyida va jamoa murabbiylar shtabi unga tayanmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojarohat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa futbolchi to‘liq tiklangan.

«U tiklanib oldi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinda maydonga tushadi», — deya agent so‘zlarini «Chempionat» nashri keltirdi.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsum ko‘rsatkichlari 12 o‘yin va 2 golni tashkil etadi. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiyaning agenti uning Antalyaspor kelajagini izohladi