Ronaldu Al-Nasr g'alabasiga ikki emodzi bilan munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr yetakchisiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinini ham yutdi: Tojikistonda Istiklol 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi.
O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasr guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Krishtianu postga ikki emodzi — olov va qarsak — qo'shdi.
40 yoshli Ronaldu Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha 2027 yil o'rtalarigacha klub futbolchisi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing