date

Latsio darvozabon Eduardo Mottani safiga qoʻshib oldi

Latsio darvozabon Eduardo Mottani safiga qoʻshib oldi

Rimning «Latsio» klubi tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirdi: 21 yoshli Eduardo Motta jamoaga ko‘chib o‘tdi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy saytida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Motta «Rejana»dan sotib olindi. Ushbu jamoa Italiya futbolining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasi — A Seriyadan keyingi B Seriyada ishtirok etadi.

Jurnalist Janluka di Marcio ma’lumotiga ko‘ra, «Latsio» transfer uchun «Rejana»ga 1,2 mln yevro to‘lagan.

Joriy mavsumda Motta 21 uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi. Besh o‘yinda u darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ayni paytda «Latsio» A Seriya turnir jadvalida 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Latsio darvozabon Eduardo Mottani safiga qoʻshib oldi