"Toto" AI chiplari uchun yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni kengaytiradi

"Тото" kompaniyasi sun'iy intellekt rivojlanishidan foyda ko'rib, yarim o'tkazgich komponentlarini ishlab chiqarishni kengaytirish rejalari haqida e'lon qildi. Bu yangilikdan so'ng, kompaniya aksiyalari 18 foizga oshdi, bu so'nggi besh yil ichidagi eng yuqori ko'rsatkichdir. "Toto" asosan sanitariya texnikasi bilan tanilgan bo'lsa-da, u 40 yildan ortiq vaqt davomida yarim o'tkazgichlar uchun zarur bo'lgan elektrostatik qisqichlar ishlab chiqaradi. Sun'iy intellekt chiplari uchun talabning oshishi kompaniyani ishlab chiqarishni kengaytirishga undamoqda.
Yaponiyaning santexnika ishlab chiqaruvchi "Toto" kompaniyasi sun'iy intellekt rivojlanishidan kutilmaganda foyda ko'rgan kompaniyalardan biriga aylandi. Kompaniya yarimo'tkazgich komponentlari ishlab chiqarishni ko'paytirish rejalarini e'lon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bu xabar ortidan "Toto" aksiyalari bir kun ichida 18 foizga o'sib, so'nggi besh yildagi eng yuqori ko'rsatkichga yetdi. "Toto" asosan hojatxonalar va santexnika uskunalari brendi sifatida tanilgan bo'lsa-da, kompaniya uzoq vaqtdan beri keramika sohasidagi tajribasidan foydalanib keladi.
Kompaniya chiplar ishlab chiqarish jarayonida kremniy plastinalarni ushlab turuvchi maxsus qismlar — elektrostatik qisqichlar ishlab chiqaradi. Aynan shunday elementlar zamonaviy yarimo'tkazgichlar, jumladan, sun'iy intellekt chiplari ishlab chiqarishda talabgir hisoblanadi.
"Toto" bunday komponentlarni 40 yildan ortiq vaqtdan beri ishlab chiqaradi. Biroq sun'iy intellekt chiplari bilan bog'liq barcha narsalarga talabning o'sishi kompaniyani ishlab chiqarishni kengaytirishga majbur qilmoqda.
Bozor nafaqat yarimo'tkazgichlar yo'nalishidagi rejalarga, balki kompaniyaning yillik rekord foydasiga ham ijobiy munosabat bildirdi.































Izohlar 0
…