"Galatasaroy" sensatsion magʻlub boʻldi: chempionlik masalasi choʻzildi

"Galatasaroy" sensatsion magʻlub boʻldi: chempionlik masalasi choʻzildi
Qisqacha

"Galatasaroy" Turkiya Superligasining 32-turida "Samsunspor"ga 4:1 hisobida mag'lub bo'lib, chempionlik masalasi cho'zildi. O'yin davomida "Samsunspor" birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsa-da, "Galatasaroy" tezda tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda "Samsunspor" ustunlikni qo'lga olib, yana ikki gol urdi. Ushbu natija bilan "Galatasaroy" 74 ochko bilan birinchi o'rinda qolmoqda, ammo "Fenerbahçe" 70 ochko bilan yaqin ta'qib qilmoqda.

Turkiya Superligasining 32-tur bahslari kutilmagan natija bilan boyidi. Peshqadam “Galatasaroy” mehmonda “Samsunspor”ga qarshi oʻyinda ogʻir magʻlubiyatga uchrab, 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv jadal va gollarga boy tarzda kechdi. Hisobni 9-daqiqada Okgun ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqqandi. Biroq bu ustunlik uzoq saqlanmadi. 22-daqiqada Marius hisobni tenglashtirib, mezbonlarga ishonch baxsh etdi.

Ikkinchi boʻlimda “Samsunspor” butunlay ustunlikni qoʻlga oldi. 57-daqiqada Ndiay jamoasini oldinga olib chiqdi, 71-daqiqada esa Marius oʻzining ikkinchi golini urdi. Ushbu bosimli oʻyin 82-daqiqada Ndiayning yana bir goli bilan yakunlanib, hisob 4:1 koʻrinishiga keldi.

Shu bilan birga, “Galatasaroy” uchrashuvni bir kishi kam holda yakunlagani ham jamoa oʻyiniga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Ushbu magʻlubiyatga qaramay, Okan Buruk shogirdlari 74 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq asosiy raqib — “Fenerbahche” 70 ochko bilan yaqindan taʼqib qilmoqda. Shu sababli chempionlik taqdiri keyingi turlarga qoldirildi.

Turkiya Superligasi, 32-tur
Samsunspor – Galatasaroy 4:1

Gollar: Marius 22, 71, Ndiay 57, 82 – Okgun 9

Galatasaroy: Guvench, Sallay, Sanches, Bardakchi (Singo 74), Yakobs, Torreyra (Gundoʻgʻon 46), Lemina, Okgun, Sane, Yilmaz (Lang 74), Osimhen

Bu natija Superligada intrigani yanada kuchaytirdi. Endi har bir oʻyin chempionlik uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar