2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali Ispaniyada bo‘lib o‘tishi mumkin. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Musobaqani Ispaniya, Portugaliya va Marokash birgalikda qabul qiladi. Turnirning ilk uch uchrashuvi esa musobaqaning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda o‘tkaziladi.
Lusan Ispaniya ko‘p yillardan beri yirik tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etib kelayotganini ta’kidladi va 2030 yilgi mundialning finali aynan shu mamlakatda o‘tishini aytdi. Biroq u hal qiluvchi o‘yin qaysi stadionda bo‘lishini ochiqlamadi.
Avvalroq Marokash tomoni finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida o‘tkazishni istayotganini bildirgandi. Qurilishi 2028 yilda yakunlanishi kutilayotgan stadion 115 ming tomoshabinni sig‘dira olishi aytilmoqda. FIFA esa hozircha final manzili bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!