Argentinalik «Kilmes» stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda

Argentina futbolining eng qadimiy klublaridan biri bo'lgan «Kilmes» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini jamlagan. Biroq hozir klub og'ir davrni boshdan kechirmoqda va qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e'lon qilar ekan, odatdagidek xayriya so'rash yo'lidan bormadi. Aksincha, muxlislarga eski uslubda — stadionga kelib, qurilish va ta'mirlash ishlarida bevosita jismonan yordam berish taklifi bildirildi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, «Kilmes» ishqibozlari klub chaqirig'iga faol javob qaytardi va stadiondagi vazifalarni bajarishga ko'ngilli bo'lib kirishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing