date

Real Endrik bo'yicha kelajak rejasini aniq belgiladi

Real Endrik bo'yicha kelajak rejasini aniq belgiladi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik ijara asosida to'p tepayotgan «Lion» safida yorqin o'yini bilan e'tiborni tortmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi fransuz jamoasidagi dastlabki uch uchrashuvda 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsda u xet-trik qayd etdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, «Real»ning pozitsiyasi qat'iy: klub Endrikka ishonadi va u qaytgach Madridda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat oladi. «Lion» ijarani uzaytirishga urinishi mumkin, biroq «qirollik klubi» rahbariyati iste'dodli hujumchini qaytarishni rejalashtirmoqda.

Endrikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Endrik bo'yicha kelajak rejasini aniq belgiladi