Kloze Messsi va Mbappe rekordini yangilashi mumkinligini aytdi

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Jahon chempionatlaridagi gollari bo'yicha rekordini yaqin yillarda yangilanishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kloze to'rtta mundialda ishtirok etib, umumiy hisobda 16 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Hozirda amaldagi futbolchilar orasida unga eng yaqin ko'rsatkichlar Lionel Messida (13 gol) va Kilian Mbappeda (12 gol).
“Ishonchim komil, Jahon chempionatida urilgan gollar bo'yicha rekordim tez orada yangilanadi. Buni 2026 yilda Messi amalga oshirishi mumkin, Mbappe esa 2026 yoki 2030 yilda bunga yaqin turibdi. Men Leoning katta muxlisiman va u faoliyatini davom ettirsa, unga faqat eng yaxshisini tilayman. Mbappening ham iste'dodi nihoyatda kuchli. Ikkalasi ham sog'lom bo'lib, imkoniyatining eng yuqori darajasini ko'rsatishini istayman. Shunga qaramay, hozircha eng yaxshi statistika mendan va men yarim finalda to'rt marta o'ynagan yagona futbolchiman”, — deya Kloze so'zlarini Bild nashri keltirdi.
Messi 2022 yilgi Qatar mundialida chempion bo'lgan, Mbappe 2018 yilda Rossiyada kubokni qo'lga kiritgan. Kloze esa Germaniya bilan 2014 yil Braziliya mundialida zafar quchgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!