"Fenerbahche" “Bashakshehir” ustidan gʻalaba qozondi: Taliskadan hettrik

1 daqiqa o'qish724
"Fenerbahche" “Bashakshehir” ustidan gʻalaba qozondi: Taliskadan hettrik
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • “Fenerbahçe”
  • Turkiya Superligasining 32-turida “Başakşehir”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
  • Ushbu uchrashuvda braziliyalik hujumchi Taliska hat-trik qayd etdi va jamoasiga muhim uch ochko olib keldi.
  • “Fenerbahçe” bu g'alaba bilan 70 ochkoga yetib, turnir jadvalida 2-o'rinda qolmoqda. “Başakşehir” esa 51 ochko bilan 6-pog'onada turibdi.

Turkiya Superligasining 32-tur doirasida “Fenerbahche” oʻz maydonida “Bashakshehir”ni qabul qilib, ishonchli 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvda asosiy qahramon braziliyalik hujumchi Taliska boʻlib, u het-trik qayd etib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Bahs jadal va kurashlarga boy tarzda boshlandi. Mezbonlar ilk daqiqalardanoq hujumga urgʻu berib, raqib darvozasiga bosim oʻtkazdi. 28-daqiqada Taliska hisobni ochib, “Fenerbahche”ni oldinga olib chiqdi. Biroq mehmonlar tez orada javob qaytardi — 36-daqiqada Harit hisobni tenglashtirib, intrigani saqlab qoldi.

Ikkinchi boʻlimda esa “Fenerbahche” yana tashabbusni qoʻlga oldi. 57-daqiqada Taliska oʻzining ikkinchi golini urdi va jamoasini yana oldinga chiqardi. 72-daqiqada esa u het-trikni rasmiylashtirib, uchrashuv taqdirini amalda hal qildi.

Mazkur bahsda oʻzbekistonlik futbolchilar ham ishtirok etdi. Eldor Shomurodov “Bashakshehir” safida asosiy tarkibda maydonga tushib, 75-daqiqada almashtirildi. Abbosbek Fayzullayev esa bu safar zaxira oʻrindigʻida qoldirildi.

Ushbu gʻalaba orqali “Fenerbahche” oʻz ochkolarini 70 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-oʻrinni saqlab qoldi. “Bashakshehir” esa 51 ochko bilan 6-pogʻonada qolmoqda.

Turkiya Superligasi, 32-tur
Fenerbahche – Bashakshehir 3:1

Gollar: Taliska 28, 57, 72 – Harit 36

Fenerbahche: Mert, Semedu, Ostervuld, Chaglar, Levent, Ismoil, Kante, Fred (Alvares 90), Musaba, Kerem, Taliska (Sherif 82).
Bashakshehir: Muhammad, Omer Ali, Duarte, Opoku, Kazimjon, Kemen, Umut, Yusuf, Harit, Bertugʻ (Zelke 61), Shomurodov (da Kosta 75).

Bu natija “Fenerbahche”ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini saqlab qolishga xizmat qildi. Jamoa yuqori formada va har bir oʻyinda natija uchun kurashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?