date

"Arsenal" Saka va Dyokeresning gollari evaziga "Fulxem"ni mag'lub etdi

"Arsenal" Saka va Dyokeresning gollari evaziga "Fulxem"ni mag'lub etdi

Angliya Premyer ligasi doirasida "Arsenal" o'z maydonida "Fulxem"ni qabul qildi. Uchrashuv londonliklarning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Jarohatdan so'ng safga qaytgan Bukayo Saka o'yinning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. U bitta gol urdi va Viktor Dyokeresga golli uzatma berdi.


Shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeres ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. U Leandro Trossardning uzatmasidan so'ng boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng Mikel Arteta shogirdlari turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa endi Chempionlar ligasi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" Saka va Dyokeresning gollari evaziga "Fulxem"ni mag'lub etdi