Simeone to'liq zaxira tarkibi bilan "Valensiya"ni mag'lub etdi

Simeone to'liq zaxira tarkibi bilan "Valensiya"ni mag'lub etdi
Qisqacha

Diego Simeone boshqaruvidagi "Atletiko" "Valensiya"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Barcha asosiy o'yinchilar dam olganiga qaramay, jamoa o'yinni to'liq nazorat qildi va akademiya tarbiyalanuvchilari ham o'zlarini ko'rsatdi. 20 yoshli Iker Luke va 18 yoshli Kubo gol urishdi, bu orqali "Atletiko"ning golli seriyasi 10 o'yinga yetdi.

"Atletico" bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi yarim finalida "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan barcha asosiy tarkib o'yinchilariga dam berdi. Bunga qaramay, uning jamoasi Ispaniya chempionatida "Valensiya" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Simeone oldingi o'yindagi 11 nafar futbolchining barchasini almashtirishga qaror qildi. U London safariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida "Valensiya"ga qarshi butunlay yangi tarkibni maydonga tushirdi.

Zaxira o'yinchilari o'yinni to'liq nazorat qilib, ishonchli harakat qildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida akademiya tarbiyalanuvchilari o'zini ko'rsatdi. 20 yoshli Iker Luke zaxiradan maydonga tushganidan 10 daqiqa o'tib, 74-daqiqada hisobni ochdi.

Oradan sakkiz daqiqa o'tgach, 18 yoshli Kubo Antuan Grizmanning uzatmasidan so'ng ikkinchi golni urdi.

Statistika ham "Atletico"ning ustunligini ko'rsatdi. Jamoa 20 ta zarba berib, xavfli vaziyatlar yaratdi.

"Valensiya" esa darvoza tomon birorta ham aniq zarba bera olmadi. Bu g'alaba orqali madridliklar o'zlarining golli seriyasini 10 ta o'yinga yetkazdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar