Argentinalik Kilmyes stadionni yangilash uchun muxlisdan yordam so‘radi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri bo‘lgan «Kilmyes» 1887 yilda tashkil topgan. Shu sabab jamoaning muxlislari ko‘p, biroq hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e’lon qilar ekan, muxlislarga odatdagidek mablag‘ yig‘ish emas, balki bevosita qurilish ishlarida ishtirok etishni taklif qildi. Ya’ni, ko‘ngillilar stadionga kelib, topshiriqlar asosida jismoniy mehnat bilan arenani yangilashga hissa qo‘shishi kerak.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz bo‘lishiga qaramay, «Kilmyes» ishqibozlari klub chaqirig‘iga ijobiy munosabat bildirdi va yordam berishga tayyorligini ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing