date

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o'tishi mumkin

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o'tishi mumkin

2030 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin. BBC xabariga ko'ra, mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan hal qiluvchi uchrashuv aynan Ispaniyada o'tishini ma'lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Musobaqani Ispaniya, Portugaliya va Marokko birgalikda o'tkazadi. Turnirning dastlabki uchta o'yini esa musobaqa 100 yilligiga bag'ishlab Urugvay, Argentina va Paragvayda tashkil etiladi.

Lusan Ispaniya ko'p yillardan beri yirik tadbirlarni yuqori darajada o'tkazib kelayotganini ta'kidlab, 2030 yilgi mundialning asosiy mezboni ham shu mamlakat bo'lishini aytdi. Biroq u final o'tadigan stadion nomini ochiqlamadi.

Avvalroq Marokko tomoni finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida o'tkazishni istayotganini bildirgandi. 2028 yilga borib yakunlanishi kutilayotgan stadion 115 ming tomoshabinga mo'ljallanishi rejalashtirilgan. FIFA esa hozircha final manzili bo'yicha rasmiy izoh bermadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o'tishi mumkin