Ko‘ksaroyda tantanali marosim: Andrey Babish rasmiy kutib olindi

Bugun, 30 aprel kuni Kuksaroy qarorgohida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Marosimda ikki davlat madhiyalari ijro etilib, davlat rahbarlari birgalikda suratga tushdilar. Keyin Kuksaroyda oliy darajadagi muzokaralar boshlandi, unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Bugun, 30 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tantanali marosim qarorgoh oldidagi maydonda yuqori saviyada tashkil etildi. Faxriy qorovul saf tortgan holda mehmonni kutib oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, uni shohsupaga taklif qildi.
Shundan so‘ng harbiy orkestr ijrosida ikki davlat — O‘zbekiston va Chexiya madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashdi.
Marosim yakunida yetakchilar birgalikda suratga tushdi. Shundan keyin Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…