Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning “Sanfrechche Xirosima” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq amalga oshirdi. Bu mag‘lubiyat “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo‘ldi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing