date

Marc Lore: AI yordamida bir daqiqada restoran ochish mumkin bo‘ladi

Marc Lore: AI yordamida bir daqiqada restoran ochish mumkin bo‘ladi

Amazon va Walmart kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan taniqli tadbirkor Marc Lore o‘zining Wonder loyihasida sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlaridan keng foydalanishni rejalashtirmoqda. Wonder Create deb nomlangan yangi tashabbus har qanday inson, jumladan, oziq-ovqat sohasi vakillari va ijtimoiy tarmoq influencerlariga atigi bir daqiqa ichida o‘z restoran brendini yaratish imkonini beradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ushbu virtual restoranlar Wonder tarmog‘iga qarashli texnologik oshxonalarda ishga tushiriladi. Hozirda kompaniya 120 ta shunday oshxonaga ega bo‘lsa, kelgusi yilda ularning sonini 400 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu maskanlar oddiy restoran emas, balki 25 xil turdagi taomlarni tayyorlashga qodir bo‘lgan “dasturlanadigan pishirish platformalari” hisoblanadi.

Wonder Create tizimi Shopify platformasiga o‘xshash interfeysga ega bo‘lib, foydalanuvchi AI yordamida restoran nomi, brendingi, menyusi, narxlari va retseptlarini bir zumda shakllantirishi mumkin. Lorening so‘zlariga ko‘ra, tizim 700 dan ortiq masalliqlarni o‘z ichiga olgan kutubxonaga tayanadi va jarayonda robotlashtirilgan qo‘llar hamda avtomatlashtirilgan uskunalar muhim rol o‘ynaydi.

Kompaniya yaqinda Spice Robotics kompaniyasini sotib oldi va kelgusi yilda internetdagi retseptlarning 80 foizini qamrab oladigan “cheksiz sous mashinasi”ni joriy etishni rejalashtirmoqda. Lore robotlashtirish ishchi kuchini qisqartirish emas, balki samaradorlikni oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Maqsad — 2035-yilga borib, kichik maydonda 1000 tagacha noyob restoran brendlarini boshqarishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Marc Lore: AI yordamida bir daqiqada restoran ochish mumkin bo‘ladi