Monako Pol Pogba bilan erta xayrlashishi mumkin

Pol Pogbaning futboldagi qaytishi u kutgandek kechmayapti. Monakoliklar yarim himoyachini o‘tgan yozda safiga qo‘shib olgandi va uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan keyin futbolchiga formada bo‘lish uchun vaqt kerakligini tushunardi. Biroq tiklanish jarayoni cho‘zilib ketdi: fransuz hozirgacha maydonda jami 30 daqiqa o‘ynadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, endi «Monako» jahon chempioni bilan hamkorlikni muddatidan avval yakunlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Pogbaning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, ammo kelishuv ancha oldin bekor qilinishi ham mumkin.
Mart oyida Pol Pogba 33 yoshga to‘ladi. Ayni paytda futbolchi navbatdagi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing