Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o‘yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda “Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi: mezbonlar safida himoyachi Xayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu mag‘lubiyat “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onaga joylashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing