date

Monako Pol Pogba bilan hamkorlikni erta yakunlashi mumkin

Monako Pol Pogba bilan hamkorlikni erta yakunlashi mumkin

Pol Pogbaning futboldagi qaytishi kutilganidek chiqmayapti. "Monako" yarim himoyachini o‘tgan yozda safiga qo‘shib olgandi va uzoq diskvalifikatsiyadan keyin unga jismoniy holatini tiklash uchun vaqt kerak bo‘lishini klub avvaldan bilardi. Biroq moslashuv jarayoni cho‘zilib ketdi — fransuz hozirgacha maydonda jami atigi 30 daqiqa o‘tkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, endi monakoliklar jahon chempioni bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Kelishuv 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u ancha oldin ham to‘xtatilishi mumkin.

Mart oyida Pogba 33 yoshga to‘ladi. Ayni paytda futbolchi navbatdagi jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Monako Pol Pogba bilan hamkorlikni erta yakunlashi mumkin