date

JCH-2030 finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin

JCH-2030 finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tkazilishi mumkin. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turnirni Ispaniya, Portugaliya va Marokash hamkorlikda qabul qiladi. Musobaqaning ilk uch uchrashuvi esa jahon chempionati tashkil etilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

Lusan Ispaniya ko‘p yillardan beri yirik tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazib kelayotganini ta’kidlab, 2030 yilgi mundialda ham yetakchi mezbon bo‘lishini aytdi. Shuningdek, final aynan shu mamlakatda o‘ynalishini bildirgan, biroq qaysi stadion tanlangani haqida hozircha aniqlik kiritmagan.

Marokash tomoni esa avvalroq finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida o‘tkazishni istayotganini bildirgandi. Qurilishi 2028 yilga borib yakunlanishi kutilayotgan stadion 115 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. FIFA esa hal qiluvchi o‘yin qayerda bo‘lishi masalasiga hozircha izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » JCH-2030 finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin