date

Kilmers stadionini qayta qurish uchun muxlislardan ko'mak so'radi

Kilmers stadionini qayta qurish uchun muxlislardan ko'mak so'radi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmers» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini to'plagan. Biroq hozir klub og'ir davrni boshdan kechirmoqda va qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu sabab klub rahbariyati stadionni qayta qurish tashabbusi bilan muxlislarga murojaat qildi. Gap odatdagidek pul yig'ish haqida emas: muxlislarga stadionga kelib, bevosita jismoniy mehnat orqali ta'mirlash ishlarida qatnashish, turli vazifalarni bajarish taklif qilindi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo'lishiga qaramay, «Kilmers» ishqibozlari bu chaqiriqqa mamnuniyat bilan javob qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilmers stadionini qayta qurish uchun muxlislardan ko'mak so'radi