Kilmес stadioni yangilanishi uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmес» 1887 yilda tashkil topgan. Tarixiy jamoaning muxlislari ko‘p bo‘lsa-da, hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati stadionni qayta qurish tashabbusi bilan muxlislarga murojaat qildi. Qiziq tomoni shundaki, bu safar gap pul yig‘ish haqida emas: ishqibozlardan stadionga kelib, eski usulda jismoniy mehnat qilish, maydondagi turli vazifalarni bajarish so‘ralmoqda.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa ijobiy javob berdi va stadiondagi ishlarga ko‘ngilli tarzda qo‘shilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing