date

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes “Milan”ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Biroq u “Al-Hilol” safida kutilgan darajada yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti va bu holat muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda futbolchi jamoasining navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ishqibozlardan uzr so‘radi. Ammo javob reaksiyasi keskin bo‘ldi: kommentariyalarda Teo haqida yoqimsiz fikrlar ko‘paydi.

Muxlislar uning takroriy uzrlaridan charchaganini, jismoniy holati yomonlashib semirib ketgani va avvalgidek yugurmayotganini yozishdi. Shuningdek, ayrimlar Ernandes maydonda faqat “nom uchun” o‘ynayotgani, bu esa hatto Saudiya chempionatida ham yaqqol sezilayotganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi